Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya ta’lim tajribasi: amaliyot va samara
19:58 / 2022-12-28

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Finlyandiya ta’lim tajribasi sinovdan o‘tkaziladigan Farg‘ona shahridagi 33-o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

2023 yil 1 yanvardan Respublikamiz bo‘yicha 14 ta hududdan tanlab olingan maktablarning, shu jumladan, Farg‘ona shahridagi 33-o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinflarida Finlyandiya ta’lim tajribasi joriy qilinadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy etishga kirishilayotgan Finlyandiya ta’lim tajribasi orqali maktablarda o‘qitish metodikasini o‘zgartirish hisobiga, ta’lim sifatini, mazmunini hamda muhitni yaxshilash ko‘zda tutilgan. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri hisoblanadi.  

Finlyandiya ta’lim tajribasini hamda yangi ishlab chiqilgan zamonaviy darsliklarni tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tanlangan maktab uchun viloyat mahalliy byudjeti hisobidan 1 milliard 115 million so‘m mablag‘ ajratilib, bundan 865 million so‘m mablag‘ maktabning tajriba-sinov uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasini shakllantirish, 300 million so‘m o‘quv xonalarini ta’mirlashga yo‘naltirildi. 33-o‘rta ta’lim maktabida qisqa muddatda birlamchi talab asosida 2 ta multimedia xonasi tashkil etildi. 

Multimedia xonalari 32 ta planshet, 32 ta monoblok kompyuter, ikkita 86 dyumli interaktiv sensorli panel bilan jihozlandi. 9 ta boshlang‘ich sinf xonalari zamonaviy proyektorlar hamda zaruriy texnik jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi. Bundan tashqari maktab, amaliy texnologik mashg‘ulotlar uchun 524 to‘plam jihozlar, 2 ta tikuv mashinasi, 4 ta oshxona-idish javonlari, 335 to‘plamdagi qo‘shimcha o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.  

Viloyat hokimi tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichi sifatida 4-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan maxsus malaka oshirish kurslarini tamomlab qaytgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan ham muloqot qildi. 

 

 M.Sulaymonov, O‘zA