Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya Rossiya va Xitoyni kiberjosuslikda ayblamoqda
10:50 / 2021-09-28

Rossiya va Xitoy Finlyandiya davlat organlari va alohida shaxslariga nisbatan kiberjosuslik qilishdan manfaatdor.

Fin kontrrazvedka xizmati – Davlat xavfsizligi Politsiyasi hisobotida shunday deyilgan.

Hujjat mahkamaning rasmiy saytiga joylashtirilgan. Maxsus xizmat ma’lumotiga ko‘ra,  Finlyandiyaga muttasil kiberhujumlar uyushtirib turiladi.  

Mamlakat milliy xavfsizligi, uning xal qiluvchi va tarmoq infratizimi tahdid ostida. Davlat kiberjosusligidan tashqari, bunday hujumlar fin fuqarolariga nisbatan ham olib boriladi.  

“Fin kompaniyasi yoki davlat ma’muriy tuzilmasi bunday hujumlar qurboni bo‘lishi mumkin”, dedi davlat xavfsizligi Politsiyasi rahbari Antti Pelttari.  

U, shuningdek, Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlarini fin fuqarolarini kuzatish va ularga doir ma’lumotlarni yig‘ishda aybladi.