English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya prezidenti: “Yevroittifoqning Rossiya bilan munosabatini yomonlashishi ittifoqni zaiflashtiradi”
15:07 / 2021-11-24

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo Yevroittifoqning Rossiya bilan munosabati o‘z manfaatini himoya qilish bilan baravar ekani va bundan voz kechib Yevroittifoq kuchli bo‘lib qolmasligi bo‘yicha bayonot berdi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

“Finlyandiya uchun Rossiya bilan munosabatni baqaror tutish muhim, lekin konstruktiv muloqot manfaatlarga zid kelmaydi. Yevroittifoq uchun ham shunday bo‘lishi kerak. Rossiya bilan munosabatdan voz kechish Yevroittifoqni mustahkamlamaydi, aksincha, o‘zini anchagina zaif va kam ahamiyatli bo‘lishiga majburlaydi”, dedi Niinistyo Berlindagi Gumbolt nomli universitetdagi chiqishi chog‘ida.  

Eslatib o‘tamiz, 21-23 noyabrda Finlyandiya prezidenti rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘ldi.