Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya Prezidenti JIDUda: ta’lim diplomatiyasida yangi imkoniyatlar
15:55 / 2025-10-30

Bugun Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Tadbir doirasida uyushtirilgan oliy martabali mehmon va JIDU rahbariyati o‘rtasidagi uchrashuvda fin oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, tajriba almashish bo‘yicha sheriklikni kengaytirish borasida fikr almashdilar.

Muzokara yakunida ta’lim, ilm-fan aloqalarini mustahkamlash hamda yangi tashabbuslar ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Prezident JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari huzurida “Kuch muvozanatining o‘zgarishi: tashqi siyosatda qadriyatlar, manfaatlar va kuch” mavzusida ma’ruza qilib, global siyosiy tizimdagi transformatsiya, milliy manfaat va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, shuningdek xalqaro jarayonda va kun tartibini shakllantirishda yoshlarning faol o‘rni xususida fikr yuritdi.

Ikki tomonlama muloqottarzidagi sessiyada talabalarga Prezident bilan suhbatlashish, iqlim diplomatiyasi, Yevropa Ittifoqi kelajagi kabi dolzarb masalalar yuzasidan savol berish imkoni yaratildi.

[gallery-25989]

Finlyandiya yetakchisining ushbu tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilm-fan hamkorligini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilib, talabalar uchun global jarayonni keng qamrovli tahlil qilish, madaniyatlararo muloqotning zamonaviy diplomatiyadagi o‘rnini chuqur anglash imkonini taqdim etdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA