Finlyandiya parlamenti saytiga xakerlar hujum qildi
NoName057 xakerlar guruhining ma’lum qilishicha, ular Finlyandiya parlamenti saytini buzib kirgan.
Hozirda finlar parlamentining internet-resurslaridan foydalanib bo‘lmayapti. Saytga kirmoqchi bo‘lganlarga "Servisning IP-manzili topilmayapti", degan xabar kelmoqda.
Xabarda parlamentdagilar ham sayt buzib kirilganini tasdiqlashgani aytilmoqda.
"Xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish" ko‘rinishadi hujum parlamentning tashqi resurslariga qaratilgan. Hujum 9 avgust kuni soat 14:30 da boshlangan. Parlament xizmat ko‘rsatuvchilar va Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda hujumni qaytarish choralarini ko‘rmoqda", - deyiladi parlament matbuot xizmati tarqatgan xabarda.