Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya NATOga alohida a’zo bo‘lishiga munosabat bildirdi
10:33 / 2023-01-31

Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘anning Finlyandiyaning NATOga arizasi Shvetsiyadan alohida ratifikatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berib, shvedlar bilan birgalikda NATOga a’zo bo‘lish niyatiga ta’sir qilmasligini aytdi. Bu haqda u “Helsingin Sanomat” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Niinistyo “Bu mulohazalar Turkiyaning beqaror ritorikasiga misol bo‘lib, hozirgi bosqichda faqat shunday qiymatga ega. Shuning uchun biz o‘z yo‘limizda sodiq qolishga davom etamiz”, dedi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyaning Xelsinki va Stokgolmning NATOga a’zoligi bo‘yicha pozitsiyasi muzokaralarning butun davri davomida ko‘p marta o‘zgargan”.

Fin rahbari “Biz anchadan beri bu mavzuda muzokaralar olib bormoqdamiz. Turkiya va Finlyandiya Tashqi ishlar vazirlari doim aloqadalar”, deb qo‘shimcha qildi u.

Niinistyoning fikricha, Alyansga Shvetsiya bilan bir vaqtda kirish respublika uchun muhim. “Shunday bo‘lgan taqdirda davlatlar mushtarak mudofaa siyosatini yanada puxta rejalashtirish va umumiy mudofaa infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi”.

 

O‘zA