English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya mehnat migratsiyasi oqimini yiliga 30 ming kishiga yetkazmoqchi
13:41 / 2023-07-21

Finlyandiya har yili 15 ming chet ellik talabani jalb etish orqali mehnat migratsiyasi oqimini yiliga 30 ming kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. “AzerTAJ” xabariga ko‘ra, shimoliy mamlakat ayni ko‘rsatkichga shu o‘n yillik yakuniga qadar erishishni ko‘zlamoqda.

Hozir aholi qarishi jarayoni davom etayotgani sababli respublika jiddiy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Barcha taxminlar mamlakat mehnat bozoriga qo‘shilishni xohlovchi yoshlarni jalb etish tarafdori ekanini ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida ochilgan bo‘sh ish o‘rinlariga xorijliklarni jalb qilish uchun Finlyandiya yangi malakali migratsiya dasturini ishlab chiqmoqda. Hujjatga ko‘ra, hatto, dunyoning yirik va rivojlangan davlatlaridan ham ishchi kuchi chaqiriladi.

Finlyandiyada kiber xavfsizlik, sun’iy intellekt, kvant texnologiyasi, sog‘liqni saqlash, biotexnologiya va yangi materiallar ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha mutaxassis, xodimlar talab qilinadigan ko‘plab yuqori texnologiyali kompaniyalar mavjud.