Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini 30 ta mamlakatdan 23 tasi ratifikatsiya qildi
Finlandiya bilan Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni hozirgacha alyansga a’zo 30 ta davlatdan 23 tasi ratifikatsiya qildi, dedi bosh kotib Yens Stoltenberg Norvegiyada so‘zga chiqib.
"Bir necha soat avval AQSH senati qo‘shilish haqidagi protokolni ratifikatsiya qildi. Shunday qilib, Finlandiya bilan Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishini ratifikatsiya qilgan mamlakatlar 23 taga yetdi", – deyiladi uning e’lon qilingan ma’ruzasida.
Bundan tashqari, alyansning ayrim a’zolari "o‘zlarining milliy tartib-qoidalarini yakunlashga yaqin turibdi" deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.