French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlandiya O‘zbekistondagi loyiha uchun 1,5 million yevro ajratdi
11:42 / 2022-09-12

Finlandiya O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi loyihani amalga oshirish uchun 1,5 million yevro ajratdi.

O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, loyiha BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va 3 yilga mo‘ljallangan. Tegishli hujjat Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Raysanen va BMT TD vakili Matilda Dimovska tomonidan imzolandi.

Loyiha erkin huquqiy yordamni kengaytirish orqali kam ta’minlangan fuqarolar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, Ombudsman idorasining zaif guruhlarning inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha markaziy va mintaqaviy salohiyatini mustahkamlashga, fuqarolik jamiyatining adolat va inson huquqlarini hurmat qilish imkoniyatlarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Loyihaga ekspert yordami mamlakatning sobiq adliya vaziri Tuyya Braks boshchiligidagi Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi tomonidan ko‘rsatiladi. Markazning bir guruh ekspertlari joriy yil 23-25 avgust kunlari mamlakatimizda bo‘ldi.

Qayd etish joizki, qonun ustuvorligi Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining 2024 yilgacha Markaziy Osiyo bo‘yicha mamlakat strategiyasida belgilangan hamkorlikning uchta asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Barqaror iqtisodiy rivojlanish va tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirish hisoblanadi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga strategiya doirasidagi yordamning umumiy miqdori 25 million yevroni tashkil etadi.

 

O‘zA