Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlandiya Elchisi bilan uchrashuv
14:50 / 2021-08-04

O‘zbekiston Respublikasi nashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Finlandiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Marya Liivalani mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Vazir Elchining ikki davlat o‘rtasida manfaatli va o‘zaro munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi istiqbolli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelgusidagi turli darajadagi tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro aloqalarning alohida masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘z o‘rnida, M.Liivala mamlakatimizda missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida   yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorligini izhor etdi.

O‘zA