Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Financial Times”: G‘arb Rossiya va Turkiya munosabatidan xavotirda
09:58 / 2022-08-07

“Financial Times” gazetasi yozishicha, G‘arb Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik chuqurlashib borayotganidan xavotirda.

Nashr ikki davlat yetakchisining Sochi muzokarasi yakuni bo‘yicha e’lon qilgan maqolada shu haqda gap boradi.

 Gazeta ikki mamlakat rahbarining savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish niyati haqidagi bayonotidan xavotir bildirdi. Yevropa Ittifoqining yana bir rasmiysi  (ismi keltirilmagan) Turkiya-Rossiya muzokarasini diqqat bilan kuzatayotgani qayd etib, Anqara pozitsiyasini “opportunistik”, deb atadi.

 “Biz Turkiyani tavsiyalarimizni tinglashga da’vat etamiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

 “Financial Times” eslatishicha, Vashington Rossiyaga g‘arb qo‘llayotgan cheklov choralarini chetlab o‘tishga yordam beradigan davlatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiya xavfi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

 Bryussel mulozimi “G‘arb firmalarini Turkiya bilan aloqani kengaytirish tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfni hisobga olgan holda Turkiya bilan munosabatdan voz kechish yoki aloqani qisqartirish”ga chorladi.

 Gazeta manbasi, shuningdek, Anqaraga nisbatan chora-tadbirlar YeIning ayrim a’zolari tomonidan qo‘llanishi mumkinligi, ushbu davlatlar “savdoni moliyalashtirish bo‘yicha cheklov yoki yirik moliyaviy kompaniyalardan turk firmalari uchun mablag‘ni qisqartirishni so‘rashi” mumkinligini aytib o‘tdi.