Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finalchilar ma’lum
15:23 / 2015-04-27

Poytaxtimizda futbol bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasidagi “Kamolot” kubogi” turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.

Poytaxtimizda futbol bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasidagi “Kamolot” kubogi” turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar vazirliklari hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan an’anaviy musobaqaning mamlakat bosqichida eng kuchli sakkiz jamoa ishtirok etmoqda.

“A” guruhida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va Toshkent iqtisodiyot universiteti jamoalari, “B” guruhida Farg‘ona politexnika instituti hamda Nukus davlat pedagogika instituti talabalari yarim finalga chiqdi.

Yarim finalda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti jamoasi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlari ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Farg‘ona politexnika instituti talabalari Toshkent iqtisodiyot universiteti yoshlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda nukuslik talabalar farg‘onalik tengdoshlarini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va Toshkent iqtisodiyot universiteti jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs may oyida o‘tkaziladi.