Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Final ostonasidagi 7 bokschimiz bugun jang qiladi
10:25 / 2022-02-25

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli «Stranja» xalqaro turniri qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqada tajribali charm qo‘lqop ustalari murosasiz bahslarga boy o‘tayotgan turnirning yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar bokschisi ishtirok etishga muyassar bo‘ldi. 

Bugun bo‘lib o‘tadigan yarim final bahslarida quyidagi sportchilarimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi: 

-52 kg: Tursunoy Rahimova - Tetiana Kob (Ukraina) (18:10dan so‘ng) (kunduzi, A ring) 
-51 kg.: Hasanboy Do‘smatov - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) (21:40dan so‘ng) (kechki, A ring) 
-57 kg.: Abdumalik Xalakov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (22:40dan so‘ng) (kechki, A ring) 
-80 kg: Odiljon Aslonov - Kromvil Kommi (Italiya) (22:40dan so‘ng) (kechki, B ring) 
-92 kg.: Madiyar Saidrahimov - Abzal Kuttibekov (Qozog‘iston) (23:40dan so‘ng) (kechki, B ring) 
-63,5 kg.: Mujibillo Tursunov - Abzal Serik (Qozog‘iston) (23:40dan so‘ng) (kechki, A ring) 
+92 kg.: Lazizbek Mullojonov - Nurlan Saparbay (Qozog‘iston) (23:55dan so‘ng) (kechki, A ring).


 

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA