Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fina Nabiyeva: Boshqirdlar o‘zbek xalqi bilan do‘stona yashab kelmoqda (+Video)
09:00 / 2025-08-28

“Do‘stlik sadosi”

Bugungi kunda yurtimizda 23 ming nafardan ziyod boshqird millati vakillari yashaydi. Boshqirdlar ko‘p asrlardan buyon o‘z tarixi, urf-odatlari, milliy an’analarini asrab kelayotgan xalq. Ularning yashash tarzi, o‘ziga xos qadriyatlari haqida Boshqird milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari Fina Nabiyeva quyidagilarni gapirib berdi.

— Boshqird milliy madaniy markazi O‘zbekistonda rasmiy ravishda ish boshlaganiga 35 yil bo‘ldi, — deydi Fina Nabiyeva. —Markazimizda nafaqat boshqirdlar, balki tatarlar, ruslar va yana ko‘plab millatlar ham bor. Boshqirdlar asosan Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qo‘qon shaharlarida yashaydi. Bizning urf-odatlarimiz ko‘proq o‘zbeklarning milliy qadriyatlari, an’analariga o‘xshab ketadi. Ko‘plab boshqirdlar o‘zbek tilida bemalol gapirishadi. O‘zbek xalqi bilan do‘stona yashayotganimizdan biz juda ham shodmiz.

Shuningdek, Fina opa suhbat davomida bugungi kunda boshqirdlarning to‘y-marosimlari, milliy musiqa va raqslari, liboslari hamda eng mashhur taomlari haqida gapirib berdi.

Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning YouTube kanali orqali ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/bZ4IJn5hhio" title="Fina Nabiyeva: Boshqirdlar o‘zbek xalqi bilan do‘stona yashab kelmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, 
Yoqub Meliboyev (video), Anvar Ahmedov (montaj) 
O‘zA