Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filiz Ahmad: tez kunda Toshkentda ko‘rishamiz!
11:28 / 2021-09-27

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Filiz Ahmad buni o‘z videomurojaatida aytib o‘tgan.

“Muhtasham yuz yil” serialidagi Nigor xalfa obrazi bilan tanilgan aktrisa Filiz Ahmad kinofestival doirasida Toshkentda bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zining Turkiyadan yuborgan videomurojaatida u “Barchaga salomlar! Tez kunlarda Toshkent xalqaro kinofestivalida ko‘rishamiz. Barchangizni kutib qolamiz” deya ta’kidlagan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Filiz Ahmad 1981 yili Makedoniya Respublikasi poytaxtida tavallud topgan. Bosniyadagi urush va notinchliklar sabab uning oilasi Shvetsiyaga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Ushbu mamlakatda Filiz tibbiyot litseyiga o‘qishga kiradi va tibbiy ta’lim bo‘yicha mutaxassis bo‘ladi.

    Bir muddatdan so‘ng o‘zining qadrdon Skope shahriga qaytgach, Filiz o‘z amakisi, mashhur teatr arbobi bo‘lgan Lutfi Sayfulloh izidan borib, san’at yo‘lini tanlashga ahd qiladi. Nafis san’atlar akademiyasiga o‘qishga kirgan Filiz Ahmad 2003 yilgacha mazkur akademiyada, keyinroq Turkiya teatr konservatoriyasida ham ta’lim oladi.  

    Ma’lumotlarda keltirilishicha, Filiz Ahmad turk,  makedon, alban, shved, ingliz, serb tillarini mukammal egallagan hamda oz bo‘lsa-da  bolgar  tilini biladi. "Muhtasham yuz yil" seriali ko‘plarimizda qarama-qarshi  fikrlar uyg‘otgani rost. Biroq bu serialdagi rol Filizga misli kutilmagan shuhrat keltirib, endilikda butun dunyoda aktrisaning muxlislari  bor.

    Darhaqiqat,  qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivaliga zamonaviy kino san’atining ko‘plab yulduzlari tashrif buyurmoqda.

 N.Usmonova,

  O‘zA