Filippinning sobiq prezidenti Fidel Valdes Ramos 94 yoshida vafot etdi
Davlat rahbari huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha boshqarma rahbari Triksi Krus-Anxeles shu haqda ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.
Ramos 1992 yildan to 1998 yilgacha Filippinning 12-chi prezidenti bo‘lgan. U rahbarlik qilgan ma’muriyat “Filippin-2000” dasturi bilan mashhur bo‘lgandi. Mazkur dasturning maqsadi Filippinni 2000 yilgacha sanoati rivojlangan mamlakatga aylantirish bo‘lgan. Mazkur tashabbusga respublika iqtisodiyotini anchayin faollashtirgan, deb ham baho berishadi.
Akino Ramos prezidentlik qilgan chog‘da u Filippin qurolli kuchlarining shtab boshlig‘i va milliy mudofaa vaziri sifatida bir nechta davlat to‘ntarishining oldini olgan. U shuningdek, prezident Rodrigo Duterteni 2016 yilgi prezidentlik sayloviga o‘zining nomzodini ko‘rsatishga ko‘ndirgan edi.