Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippinning Mindanao orolida qurolli mojaro yakun topganiga sakkiz yil to‘ldi
21:29 / 2022-01-28

Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 22 mingdan ziyod jamoatchilik vakillari 2022 yil 24 yanvarda Tinchlik kuni bayramiga bag‘ishlangan xalqaro tinchlik onlayn konferensiyasida ishtirok etdi. Tadbir bundan 8 yil avval Filippinning Mindanao orolida islom va katolik jamoasi o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuviga bag‘ishlandi.

2014 yilda «Yuqori madaniyat, butun dunyoda tinchlik va ziyo tarqatish» xalqaro nodavlat tashkiloti (HWPL) 120 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘lgan Mindanao mojarosida tinchlik kelishuviga erishish taklifi bilan vositachi sifatida mahalliy vakillari o‘rtasiga chiqdi. O‘shanda tinchlik bitimini HWPL raisi Li Man Xi ishtirokida mahalliy rahbarlar Magindanao gubernatori Ismoil G. Mangudadatu va Davao arxiyepiskopligidan faxriy arxiyepiskop Fernando Kapalla imzolagandi. Shundan buyon Magindanao provinsiyasi hamda Moro islam ozodlik fronti (MILF) 24 yanvarni «HWPL tinchlik kuni» sifatida nishonlab keladi. Bayram munosabati bilan har yili Mindanaoda tinchlikni o‘rnatish yo‘lida mahalliy sherikchilik va xalqaro hamkorlikni namoyish qiladigan turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Mindanao orolida erishilgan tinchlik bitimi sharafiga 2015 va 2016 yillarda tinchlik yodgorliklari o‘rnatilgan. HWPL Tinchlik kunining 8 yilligiga bag‘ishlab Kotabato shahrida, Dingras, Shimoliy Ilokos mintaqalarida ham tinchlik yodgorliklarini o‘rnatgan. Bunday yodgorlik yaqin kunlarda integratsiyalashtirilgan Siniloan milliy o‘rta maktabda ham o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

“Butun olamda tinchlik qonuni” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar dinlar o‘rtasida konfessiyalararo muvozanatni ilgari surishga qaratilgan bo‘lib, tinchlik bo‘yicha xalqaro qonunlarni joriy qilish uchun jamoatchilik tashabbusini oshirishdan iborat.

Mazkur bayramni nishonlashda Filippinning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblari, jumladan, Senat raisi Visente Sotto III, senatorlar Panfilo Lakson, Sintiya Vilyar, Ronald «Bato» Dela Rosa, Oliy sud raisi Aleksandr Jesmundo va tele yangiliklar boshlovchisi Maris Umalilar tabrik so‘zlari bilan chiqdilar.

Ular huquq, ta’lim, yoshlar, xususiy biznes va ommaviy axborot vositalari kabi ko‘plab sohalarda tinchlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘zlari bajaradagan vazifalar haqida so‘zlashdi.

Filippinning ta’lim sektori vakili, Oliy ta’lim bo‘yicha Komissiya (CHED) rahbari Ronald Adamatning ma’lum qilishicha, «CHED komissiyasi Filippin prezidenti Dutertega 24 yanvarni “Milliy tinchlik kuni”, deb e’lon qilish taklifini jo‘natgan. Bundan ko‘zlangan maqsad bir vaqtning o‘zida ham bayram qilish, ham tinchlikparvarlik faoliyati vositasida tinchlikka amal qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, hukumatning barcha tuzilmalari va muassasalari, jumladan, xususiy sektor bilan

birgalikda tadbir va marosimlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu kun ta’lim sohasida ham yili nishonlanishi kerakligi ta’kidlandi».

«Bizning maqsadimiz butun dunyoda mustahkam tinchlikni yaratish va kelgusi avlodga uni abadiy meros qilib qoldirish uchun sayyoramizdagi barcha odamlarni birlashtirishdan iborat. Dunyoda urushlarga barham berib, tinchlik qaror topishi uchun keling tinchlik elchisi bo‘laylik. Keling, butun dunyo odamlariga Yer yuzida tinchlikni qaror toptirishga intilishimiz va Tinchlik kunini yodda saqlashimiz zarurligini eslataylik», — deydi HWPL raisi Li Man Xi o‘z ma’ruzasida.