English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippinlik bokschi mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida qayd etildi
10:09 / 2021-09-20

Filippinlik professional bokschi Menni Pakyao mamlakat prezidentligiga rasman nomzod sifatida qayd etildi, deyiladi “Reuters” agentligi xabarida.

Pakyaoning aytishicha, u ringda ham, undan tashqarida ham jangchi ekanidan kelib chiqib, prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan.

Sportchi saylovlarda amaldagi “Xalq hokimiyati – Filippin demokratik partiyasi” nomidan ishtirok etadi.

Filippin prezidentligiga saylovlar 2022 yilning 9 mayiga belgilangan, 2016 yildan buyon mamlakatga Rodrigo Duterte rahbarlik qilib kelmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Pakyao – sakkiz vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan ilk bokschi hisoblanadi.