Filippinga dahshatli to‘fon yopirildi
“Ragasa” super to‘foni Filippinning Kagayan muzofotidagi Panalten oroliga yetib keldi, deya xabar tarqatdi mamlakat fuqarolik mudofaasi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq Prezident kichik Ferdinand Markos bayonot berib, ofat yaqinlashishidan avval evakuatsiya ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilgandi.
Davlat axborot agentligida mas’ul idora ma’lumotiga tayanib, Ragasa to‘foni tufayli 14 000 ga yaqin odam ko‘chirilgani, evakuatsiya jarayoni hamon davom etayotgani aytilgan.
Ushbu tabiiy hodisa sabab Xitoyda ham evakuatsiya ishlari olib borilayotgani avvalroq ma’lum qilingandi. Xitoy matbuoti xabariga ko‘ra, mamlakat janubidagi Guandun muzofotidagi Shenjen shahrida 400 000 kishi xavfsiz joyga olib o‘tilgan, temir yo‘l qatnovi to‘xtagan.
S.Rahimov, O‘zA