Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippinda yo‘lovchi kemasida yuz bergan yong‘in natijasida 12 kishi halok bo‘ldi
12:20 / 2023-03-30

Filippinning janubiy qismidagi Basilan provinsiyasida yo‘lovchi kemasida yuz bergan yong‘in tufayli kamida 12 yo‘lovchi (ular orasida uch nafar bola ham bor) halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda ABS-CBN telekanali hukumat bergan ma’lumotlarga tayanib.

Xabarda ta’kidlanishicha, Lady Mary Joy kemasida taxminan 200 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yong‘in chiqqanda kema Baluk-Baluk oroli yaqinida suzayotgan bo‘lgan.  

Gubernator Jim Xataman-Sallimanning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarning katta qismi qutqarib olinishga muvaffaq bo‘lingan, yetti kishi bedarak ketgan, deb hisoblanmoqda. Yana 14 kishi kasalxonaga joylashtirilgan.