Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippinda mahbuslar sobiq vazirni garovga olib qochmoqchi bo‘lishdi
17:36 / 2022-10-10

Filippin politsiyasi Keson shahrida tergov izolyatorida saqlanayotgan uchta mahbusni yo‘q qilishdi. Ular sobiq adliya vazirini garovga olib qochmoqchi bo‘ldi, deb ma’lum qilmoqda mahallik PNA axborot agentligi politsiya matbuot xizmatiga tayanib.

Politsiya hisobotida aytilishicha, yakshanba kuni ertalab mahbuslar ularga yegulik olib kelgan qamoqxona xodimiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bunga javoban politsiyachilar ularning ikki nafarini otib tashlagan. Uchinchi mahbus boshqa xonaga qochishga ulgurgan va ushbu qamoqxonada saqlanayotgan sobiq adliya vaziri Leyla De Limani garovga olgan. Jinoyatchi bilan olib borilgan muzokara ish bermagach, uchinchi mahbus ham otib tashlangan.

Xabarda voqea sababli ikki nafar huquq himoyachisi jarohat olgani, sobiq adliya vaziri hayoti uchun xavf bartaraf etilgani aytilmoqda.

"Uchchala jinoyatchi ham zararsizlantirildi, voqea joyida kriminalistlar ish olib bormoqda. Tergov izolyatorida keskinlik yumshadi, tergov davom etmoqda", - deb bayonot berdi politsiya matbuot xizmati rahbari general Roderik Alba.