Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippinda Kalmayegi to‘foni ko‘tarildi
01:56 / 2025-11-06

Kalmayegi to‘foni Filippin markazida kamida 66 nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Hodisa tufayli 26 kishi bedarak yo‘qolgan, ularning aksari keng ko‘lamli suv toshqini qurboniga aylanib, uylar tomida qolib ketgan.

Mamlakat fuqaro mudofaasi boshqarmasi xabar berishicha, 49 fuqaro, asosan, toshqin natijasida suvga cho‘kib ketgan, bir necha odam ko‘chki yoki vayrona ostida halok bo‘lgan.

Filippin Qizil Xoch tashkiloti bosh kotibi Gvendolin Pang so‘zlariga ko‘ra, Sebu muzofotidagi uylar tomidagi qutqaruvga muhtoj odamlardan juda ko‘p qo‘ng‘iroq qabul qilingan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari xavfni kamaytirish uchun suv toshqini kamayguncha sa’y-harakatni kechiktirib turish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

– Tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, – dedi gubernator Pamela Barikuatro “Associated Press” agentligiga telefon orqali. – Afsuski, kutilmagan hodisalar, masalan ko‘chki, to‘satdan bosib kelgan suv toshqini sodir bo‘ldi.

Kuchli yomg‘ir yillar davomida olib borilgan konchilik ishlari tufayli yanada kuchayishi mumkin. Bu yaqin atrofdagi daryolar qirg‘og‘idan toshib, kuchli loyqalanishni hosil qilishi ehtimoli va hududda toshqinni nazorat qilish loyihalari sustligi bilan bog‘liq.

Harbiylar ma’lum qilishicha, Kalmayegidan zarar ko‘rganlarga gumanitar yordam yuki olib borayotgan Filippin havo kuchlari vertolyoti janubiy Agusan-del-Sur muzofotida halokatga uchrab, olti kishi hayotdan ko‘z yumgan.

M.Pirmatova, O‘zA