Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippin: samolyot halokati qurbonlari soni 47 nafarga yetdi
10:07 / 2021-07-05

“RIA Novosti” ma’lumotiga ko‘ra, halokatga uchragan Filippin harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotdagi qurbonlar soni 47 nafarga, jarohatlanganlar esa 49 kishiga yetdi.

“ABS CBN” xabarida aytilishicha, harbiy havo kuchlari vakili mazkur falokatdan so‘ng “S-130” harbiy samolyotlari parvozi to‘xtatilgan, ularning uchtasi hozir ta’mirda.  

Mudofaa vaziri Delfin Lorenzana avvalroq halokat sabablari o‘rganilishini aytgandi. Eslatib o‘tamiz, “S-130” samolyoti yakshanba kuni Sulu provinsiyasida halokatga uchragan. Qurolli kuchlar shtabi boshlig‘i general Sirilito Sobexananing aytishicha, qo‘nayotgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushmagan.