Filialda yangi diagnostika-tekshiruv bo‘limi ochildi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialining moddiy-texnik imkoniyatlari yanada yaxshilanmoqda.
Chunki bu yerda 1,9 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga yangi diagnostika-tekshiruv bo‘limi binosi barpo etilib, angiograf, MRT, MSKT kabi zamonaviy tashxis qurilmalari bilan ta’minlandi.


Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ishtirok etdi. Filialda bemorlar uchun 260 ta davolash hamda 60 dan ziyod jonlantirish o‘rinlari yaratilgan. Ilg‘or diagnostika va muolaja usullari o‘zlashtirilishi natijasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish, endoprotezlash kabi murakkab amaliyotlar shu yerning o‘zida bajarilmoqda.


Xususan, shu yilning o‘tgan davrida bu yerda 17 ming nafar bemor davolandi, 5 mingga yaqin jarrohlik amaliyotlar o‘tkazildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.