“Filial malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida talabalar o‘rtasida “Filial malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z. Davletova barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi va omad tiladi.

Ishtirokchilar uchta shart bo‘yicha bahslashdi. Jami 6 nafar talaba ishtirok etgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan 2-kurs talabasi S.Bazarbayeva "Filial malikasi" deb topildi. Shuningdek, qolgan ishtirokchi qizlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.
Tanlov talabalarning yangi yil bayrami arafasida o‘z iqtidorlarini namoyon etish va shaxsiy salohiyatini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri