Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fikri sog‘lom va uyg‘oq yoshlarni tarbiyalaylik
18:27 / 2022-05-23

O‘zbekistonda milliy-ma’naviy yuksalish va iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy takomilning yangicha davrida uch muhim masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Birinchisi, Uchinchi Renessans davrini barpo etishda insonlarning teng huquqligiga, mamlakatimizda yashayotgan irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar barcha fuqarolarning qadr-qimmati ulug‘lanishiga asoslanilmoqda. 

Ikkinchidan, barcha din vakillariga qonun ustuvorligi ta’minlangan holda erkin e’tiqod qilish va faoliyat yuritishga imkoniyatlar yaratildi. Eng muhimi, bir millatni ikkinchisidan ustun qo‘yish yoki kamsitish holatlariga yo‘l qo‘yilmayapti. 

Uchinchidan, amalga oshirilayotgan islohotlarda o‘z mustaqil fikrini bildira oladigan, imon-e’tiqodi mustahkam, zamonaviy taraqqiyot ilmlarini o‘zlashtirayotgan, yangicha fikrlaydigan, tarbiyali, odobli sog‘lom fikrli yoshlarni tarbiyalashga ustuvor ahamiyat qaratilgan. 

Tan olish joizki, shiddatli zamon talablariga javob bermaydigan, islohotlardan orqada qolib, halol mehnatdan bo‘yin tovlayotgan loqayd, dangasa va befarq kimsalar aslida eski sho‘ro tuzumini qo‘msayotganlardir. 

Shuning uchun yoshlar o‘rtasida uchta masalada targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish kerak: biri – mutasaddi tashkilotlar hamkorligida mavjud islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarimizga ommabop tarzda tushuntirish, tahlil etish. Bunda nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining faolligiga suyanish maqsadga muvofiqdir. 

Ikkinchisi – aholini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni turli tashqi va ichki tahdidlardan asrashimiz shart. Bu masalada ular ongiga sog‘lom fikr, hamjihatlilik, hamfikrlilik va bir maslak atrofida birlashish tuyg‘usini, bir so‘z bilan aytganda, uyg‘oqlik vaqsinasini singdirishmiz shart.  

Uchinchisi – biz tanlagan yo‘l aniq, maqsadimiz tayin,  ko‘zlangan marraga erishish strategiyamiz hamjihatlikka asoslangan. 
Yurtboshimiz aytganidek, bu ezgu yo‘ldan bizni hech qanday kuch qaytara olmaydi.


Nodir G‘afforov,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport 
universiteti kafedra mudiri.