Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fikr yuritishni cheklash mumkinligi bilan bog‘liq norma chiqarib tashlanmoqda
20:05 / 2023-03-06

Amaldagi Konstitutsiyamizning 29-moddasida fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonun bilan cheklanishi mumkinligi belgilangan.

Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida esa ushbu normaga quyidagicha o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish taklif etilmoqda:

“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatini, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi”.

Ya’ni, fikr yuritishni cheklash mumkinligi bilan bog‘liq noo‘rin norma chiqarib tashlanmoqda. Masalaga real qaralganida, fikr insonning ongostida yuzaga keladigan, egasining o‘zgadan boshqalarga "ko‘rinmas" g‘oya.  

Uni amalda nazorat qilish, cheklash yoki taqiqlashning imkoni yo‘q.

Bu masala o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan mas’ul qo‘mitalar yig‘ilishida ham qizg‘in muhokama qilingan va aksariyat deputatlar taklif etilayotgan tahrirni ma’qullashlarini bildirgan edi.

Odiljon Tojiyev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari