Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fijital-futbolchilarimiz Sankt-Peterburg turnirida zafar quchdi
16:09 / 2026-02-26

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida fijital-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “FBL Phygital Cup” xalqaro turnirida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatga erishdi.

O‘zbekiston fijital-futbol jamoasi aylanma tizimda tashkil etilgan o‘yinlarda raqiblarini maydondagi bahslarda ham, raqamli platforma yo‘nalishidagi kurashlarda ham mag‘lub etdi. O‘z iqtidori va g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etgan hamyurtlarimiz turnir g‘olibiga aylandi.

Ushbu g‘alaba mamlakatimiz vakillari uchun joriy yil Qozog‘istonda o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari-2026” musobaqalariga tayyorgarlikning muhim bosqichi ekani bilan ahamiyatli.

T.Ro‘ziyev, O‘zA