English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIFA sammitida futbol orqali dunyoni birlashtirish g‘oyasi ilgari surildi
18:48 / 2023-12-22

Bugun, 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida FIFA ning 2023 yilgi futbol sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda FIFA prezidenti Janni Infantino va a’zo mamlakatlar vakillari tomonidan kelgusi yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar va dasturlar, akademiyalar va iste’dodlarni rivojlantirish sxemasi, hakamlik loyihalari, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati, FIFAning turli diskriminatsiyalarga qarshi dasturi hamda musobaqalar borasidagi yangiliklar muhokama qilindi.

Sammitda 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan strategik maqsadlar xususida so‘z yuritilib, dunyoni futbol orqali birlashtirish g‘oyasi ilgari surildi.

Yig‘ilish davomida bir qator masalalar xususida fikrlar aytilib, FIFA 211 davlatdagi 211 ta assotsiatsiyadan iborat ittifoq ekanligi ta’kidlanib, ushbu mamlakatlarning har biri aynan bir xil majburiyatlarga egaligi, bu o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik ekanligi, bu futbolning, gullab-yashnashi va kengayishiga beqiyos hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA