FIFA reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 50-pog‘onada qoldi
FIFA tomonidan milliy terma jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu jadvalda o‘tgan oydagi kabi 50-pog‘onani saqlab qoldi.
Qit’a kesimida esa milliy terma jamoamiz Osiyo termalari orasida beshinchi o‘rinni band etgan. Ayni damda qit’amizda termamizdan oldin Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya termalari orin olgan.

Qayd etish joizki, jahon reytingini ayni paytda Ispaniya milliy terma jamoasi boshqarib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni Argentina hamda Fransiya termalari egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyul sanasiga qadar AQSH, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhidan o‘rin oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA