Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIFA reytingi: Oʻzbekiston yuqoriladi
16:55 / 2019-02-07

Bugun FIFA rasmiy sayti milliy terma jamoalarning yangi reyting oʻrinlarini eʼlon qildi.


Bugun FIFA rasmiy sayti milliy terma jamoalarning yangi reyting oʻrinlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra TOR-10da hech qanday oʻzgarish kuzatilmadi. Soʻnggi jahon chempionatining bronza medali sohibi Belgiya terma jamoasi 2019 yilni ham peshqadam sifatida boshladi. Ularning hisobida 1 727 ball bor.

Ulardan atigi bir ballga ortda qolayotgan amaldagi jahon chempioni Fransiya esa hamon 2-pogʻonani egallab turibdi. Kuchli uchlikni besh karra jahon chempionlari Braziliya terma jamoasi yakunlab beradi. Umuman, dastlabki 10 pogʻonani quyidagi jamoalar egallab turibdi:

photo5395785049556757048.jpg

Oʻzbekiston terma jamoasi esa Osiyo kubogidagi chiroyli oʻyinlari sabab oʻtgan oyga nisbatan 6 pogʻonaga koʻtarildi va endilikda 89-oʻrinni egallab turibdi. Bu natija bilan terma jamoamiz sariq qitʼada 12-pogʻonaga chiqib olishdi.

Eʼtiborli jihati, Ektor Kuper shogirdlari yon qoʻshnimiz Qirgʻizistonni quvib oʻtdi. Qirgʻiziston esa sensatsion tarzda Osiyo kubogining pley-off bosqichiga chiqqan boʻlsa-da, FIFA reytingida 4 pogʻona pastlab, 95-oʻringa joylashdi.

Qitʼamiz vakillari orasida Osiyoning yangi chempioni Qatar termasi 38 pogʻonaga, vitse-chempion Yaponiya esa 23 pogʻonaga yuqoriladi. Yangi reytingda qatarliklar 55-oʻrindan joy olgan va bu qitʼamizdagi beshinchi yaxshi natija sanaladi. Yaponiya esa umumiy roʻyxatda 27-oʻringa koʻtarilib oldi hamda Osiyo davlatlari orasida Avstraliyani quvib oʻtgan holda 2-pogʻonani band etgan.