Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIFA reytingi: Oʻzbekiston ikki pogʻonaga pastladi
15:18 / 2019-07-25

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi, yaʼni FIFA terma jamoalarning yangi reyting oʻrinlarini eʼlon qildi.


Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi, yaʼni FIFA terma jamoalarning yangi reyting oʻrinlarini eʼlon qildi.

Afsuski, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 1286 ball bilan yangilangan reytingda ikki pogʻonaga pastladi va 84-oʻringa joylashdi. Bu koʻrsatkich bilan vakillarimiz Osiyo davlatlari orasida 10-oʻrinni egallab turibdi. Qatar davlatida oʻtadigan JCH-2022 saralash bahslaridagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa 1342 ball bilan 68-oʻrinda qayd etilgan. Qolgan raqiblarimizning oʻrinlari quyidagicha: Falastin – 102-oʻrin, Yaman – 142 hamda Singapur – 162.

Reytingni hamon JCH-2018 bronza medali sohibi Belgiya boshqarib bormoqda. Ular hisobida 1746 ball mavjud. Keyingi pogʻonani Kopa Amerika-2019 gʻolibi Braziliya egallab turibdi. Pentakampeonlar 1726 ballga ega. Kuchli uchlikni esa amaldagi jahon chempioni Fransiya terma jamoasi yakunlagan.

FIFA reytingi. TOR-10

1.Belgiya – 1746

2.Braziliya – 1726

3.Fransiya – 1718

4.Angliya – 1652

5.Urugvay – 1637

6.Portugaliya – 1631

7.Xorvatiya – 1625

8.Kolumbiya – 1622

9.Ispaniya – 1617

10.Argentina – 1610

Osiyo vakillari orasida eng yaxshi natija hamon Eronga tegishli. Forslar umumiy reytingda 23-pogʻonani band etgan. OFK reytingida kuchli beshlikdan har galgidek Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda joriy yil boshida shov-shuvli tarzda qitʼa chempioniga aylangan Qatar terma jamoalari oʻrin olgan.

OFK vakillari:

23.Eron – 1518

33.Yaponiya – 1481

37.Janubiy Koreya – 1467

46.Avstraliya – 1436

62.Qatar – 1375

65.BAA – 1360

68.Saudiya Arabistoni – 1342

71.Xitoy – 1333

77.Iroq – 1315

84.Oʻzbekiston – 1286

87.Suriya – 1277

87.Ummon – 1277

87.Livan – 1277

95.Qirgʻiziston – 1252

102.Falastin -1224

142.Yaman – 1073

162.Singapur – 999