Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIFA loyihasi asosida poytaxtimizda seminar o‘tkazilmoqda
14:35 / 2026-02-04

Toshkent shahrida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasining (FIFA) “Havaskor futbolni tizimli tahlil qilish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, UzPFL vakillari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Seminar doirasida ishtirokchilar havaskor futbolni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, barqaror tizim yaratish hamda yosh iste’dodlarni aniqlash bo‘yicha FIFA tajribasi bilan tanishib, amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyalar olmoqda.

5 fevral kuniga qadar davom etadigan mazkur tadbir hududlarda futbol muhitini mustahkamlash, havaskor futbol infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, hududiy va milliy darajada futbolni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qilishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilarning FIFA tomonidan tavsiya etilgan ilg‘or uslub va yondashuvlar orqali bilimlari yanada oshiriladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA