French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidoyilik chellenjida – jurnalistlar
21:08 / 2020-03-23

Ular ishlamasa hayot toʻxtab qolgandek boʻladi


Ular ishlamasa hayot toʻxtab qolgandek boʻladi

Shifokorlarning “Biz siz uchun ishdamiz, siz biz uchun uyda qoling!” shiori bilan boshlangan chellenjidan taʼsirlanmagan odam boʻlmasa kerak.

Bu chellenj ijtimoiy tarmoqlarda oʻziga yarasha toʻlqin hosil qilgan mavzulardan biri boʻldi, desak xato boʻlmaydi. Bu soʻzlar boshqa kasb egalari tomonidan davom ettirilib, hatto hazil-mutoyibalar bilan ham boyitildi.

Xalqimiz uchun ham chorlov, ham topshiriq maʼnosida davom etayotgan #Uyda_qoling chellenjiga shifokorlar tashabbusi asos boʻlgan boʻlsa, ajab emas.

Hayotimizda har bir kasbning oʻziga yarasha oʻrni bor. Biroq, koronavirus panademiyasi bilan bogʻliq vaziyatda shifokorlar biz uchun naqadar kerakli kasb egalari ekanini his etdik. Tunni tongga ulab mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari oldida bugun xalqimiz taʼzimda.

Albatta, xalqimizning tinchligi yoʻlida, ularga zarur resurslarni yetkazib berish borasida fidoyilik koʻrsatayotgan zahmatkashlar ham bor. Aksariyat ishchi va xodimlar uyda qolsa ham ular uyda qola olmaydi. Axir ular ishga bormasa, kundalik hayotning maromi buziladi.

Yana shunday kasb egalari borki, ular uyda qolsa yoki bekor oʻtirsa, hayot toʻxtab qolgandek boʻladi. Ular – jurnalistlar!

Axir bugun tibbiyot niqobiga ehtiyoj qanchalik dolzarb va kuchli boʻlsa, eng soʻnggi axborotga yoki koʻngilochar koʻrsatuvlarga odamlarning ehtiyoji shunchalik baland. Bu ehtiyojni qondirish uchun esa jurnalistlarning aksariyati uyda qola olmaydi. Ular ishga borishi kerak. Gazeta va saytlar jurnalistlari balki uyda oʻtirib xabar va maqolalar yozar, biroq teleradiokanallardagi koʻplab koʻrsatuv va eshittirishlar texnika vositalari bilan bevosita bogʻliq.

Barcha telekanallar, Xalqaro press-klub sessiyalari, radiokanallar hozirgi kunda har qachongidan koʻra koʻproq eng dolzarb savollarga javoblar maydoniga aylandi. Oʻnlab saytlar, bloglar orqali tezkor axborot yetkazilmoqda.

“Koronavirus Info | Uyda Qoling!” telegramm kanali esa har birimizning yangi xabar kutadigan muhim tarmoqqa aylanib ulgurdi.

Bugun uyda qolib ishlar ekanman, koʻchadagi xatardan qoʻrqmay ishga otlangan, qaynoq ish jarayonida fidoyilik koʻrsatayotgan hamkasblarim haqida oʻyladim. Ular bilan onlayn bogʻlanib, ishlarini biroz kuzatgan boʻldim.

- Uyda qoling, chaqirigʻidan soʻng biz xodimlarni majburan emas, ixtiyoriy ravishda ishlashini tashkil etishga qaror qildik, – deydi “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” informatsion dasturi bosh muharriri Toʻlqin Alibekov. – Koʻpchilik ishga chiqmasa kerak, deb oʻylagandim. Biroz yanglishibman. Jurnalistlarimizning yarmidan koʻpi ishlayman, degan tashabbus bilan chiqdi. Ishga chiqqan xodimlarning xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur shart-sharoit taʼminlanmoqda. Tibbiyot niqoblari, antiseptik gel hamda transport vositalari ishxona hisobidan ajratilmoqda.

“Mening yurtim-5” telekanali jamoasi asosan yoshlardan tashkil topgan boʻlsa ham ularda ham fidoyilikni kuzatish mumkin.

Radiokanallar, xususan, “Oʻzbkiston-24” radiokanali ijodkorlari “Biz siz uchun ishlayapmiz, siz bizni uyda tinglang!” degan shior bilan tunu kun jonli efirdalar.

Ijoddan, fidoyilikdan tolmang, aziz hamkasblar!