Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidoyilar taqdirlandi
16:18 / 2025-11-04

Buxoroda kasaba uyushmalarining tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishonining tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat kengashi raisi M. Olimov olib bordi va barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. 

Tadbirda mehnat jamoalarida samarali faoliyat yuritayotgan, xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishda fidokorona mehnat qilib kelayotgan soha vakillariga mazkur esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbirda sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi xodimlarining fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Jamiyat taraqqiyoti, inson salohiyatini yuksaltirish va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mehnatlari uchun minnatdorlik bilan qadrlandi. Shuningdek, taqdirlanganlar orasida turli tarmoq va hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kasaba uyushma yetakchilari, ishchi va mutaxassislar hamda faol jamoatchilar ham bor.

[gallery-26075]

Bu kabi e’tirof kasaba uyushma harakati fidoyilarini yangi g‘oya va tashabbuslarga ilhomlantiradi, mehnat jamoalarida insof, adolat va hamjihatlik tamoyillarini yanada mustahkamlaydi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.