11 noyabr - Kasaba uyushmalari kuni
Mehnat jamoasida xodimni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va mehnat munosabatlaridagi xuquqlarni ta’minlashda Kasaba uyushma tashkilotlarining o‘rni muhim.
Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 23 noyabr kuni imzolangan Qonunga asosan yurtimizda 11 noyabr - Kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan. Qonuning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ta’lim sohasidagi tashkilot xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda ta’lim sohasida jamoatchilik asosida ishlaydigan boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdi. Tadbirda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har bir sohani qamrab olgani, kasaba uyushmalari tizimida ham katta o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. E’tibor natijasida kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir bo‘lagiga aylangani ta’kidlandi. Konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida muayyan bir sohada ko‘p yillar mehnat kilib kelayotgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, kasaba uyushmasi faoliyatini rivojlantirish yo‘lida izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuskorligi, mehnat jamoasidagi obro‘-e’tibori va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgani uchun kasaba uyushmasi faollari rag‘batlantirildi.
O‘zA