Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Fidoyi yoshlar yetakchisi” tanlovi g‘olibi aniqlandi
21:09 / 2022-08-02

Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida samarali faoliyati va namunali harakatlari bilan ibrat bo‘la olayotgan yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirish maqsadida “Fidoyi yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan barcha tuman-shaharlarda mahalla yoshlar yetakchilari ish boshlagan edi. bugungi kunda ular yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida faoliyat olib bormoqda.

Tanlov yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yoshlar yetakchilarining ma’naviy saviyasi va bilimini oshirish orqali mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi yetakchilar ish tajribasini ommalashtirish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.

Tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 11 nafar yoshlar yetakchisi 4 ta shart bo‘yicha bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Karmana tumani “Varq” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Shoxruh Nurullayev 3-o‘rin, Uchquduq tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Malika Xudoyberdiyeva 2-o‘rinni egalladi. Navoiy shahar “Xoncharbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Baxtiyor Toshpo‘latov esa ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olibi, deb topilib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan “Diplom” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA