Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidoyi va olijanob kasb egalari
18:01 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida xalq salomatligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan, insonlar hayotini asrab qolishdek olijanob ishga o‘zini bag‘ishlashgan soha vakillari e’tirof etildi.  

Filialning Rentgen diagnostika va endovaskulyar xirurgiya bo‘limida intervension kardiolog bo‘lib ishlayotgan Said G‘ulomov miokard infarkti va o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklarida shoshilinch murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazib kelayotgan yosh va tajribali shifokorlardan biri. Uning o‘z ustida doimiy izlanishi, bemorlarga g‘amxo‘rligi va boshqa insoniy fazilatlari ko‘pchilik uchun ibrat. Shunga ko‘ra S. G‘ulomov “Vatan” faxriylar jamg‘armasi  tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun”  ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.  

[gallery-27511]

Namangan shahar ftiziatriya va pulmonologiya hamda reabilitatsiya sanatoriysida 34 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Nilufar Rasulova ham ana shunday mukofotga munosib ko‘rildi.  

Taqdirlash marosimida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi birinchi galda o‘z kasbiy burchiga sadoqatli, tashxis qo‘yish va davolash ishlarida eng ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirgan, fidoyi tibbiyot xodimlariga bog‘liq ekani ta’kidlanib, S. G‘ulomov, N. Rasulova singari shifokorlar safi yanada kengayishiga ishonch bildirildi.  

Nishonlarni «Vatan» jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov topshirdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA