Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidoyi ustoz va mahoratli san’atkor
10:38 / 2026-03-05

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi 20-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Uldavlat Sarsenboyeva san’atga sadoqati, mehnatsevarligi va izlanuvchanligi bilan ko‘pchilik hurmatini qozonib kelmoqda. U nafaqat mahoratli san’atkor, balki yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga mehr uyg‘otib kelayotgan fidoyi ustoz sifatida ham e’tirof etilgan.

[gallery-27974]

U. Sarsenboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mamlakat miqyosida o‘tkazilgan qator nufuzli festival va ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2023-yil Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti tanlovida “Yilning eng yaxshi yosh baxshisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, 2025-yilda o‘tkazilgan “Bo‘zatov FEST” yoshlar festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

San’atkor bugungi kunda o‘zining boy tajribasi va ustozlaridan olgan saboqlarini yosh avlodga sidqidildan o‘rgatib kelmoqda. U tayyorlayotgan shogirdlar orasida baxshichilik san’atiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida qoraqalpoq xalq baxshichilik san’atiga xos kuy va qo‘shiqlarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uning yoshlar tarbiyasi va madaniyat sohasidagi xizmatlari munosib baholanmoqda. Xususan, 2025-yil 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qaroriga muvofiq “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi Farmoniga asosan ta’lim-tarbiya tizimidagi samarali mehnati uchun “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Uldavlat Sarsenboyevaning san’atga sadoqati va yoshlar tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi milliy madaniyatimiz rivojiga xizmat qilmoqda.

 

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar