English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidoyi mehnatning munosib ragʻbati
23:00 / 2019-09-30

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar qatorida Jizzax viloyatidan 10 nafar faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari bor.


“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar qatorida Jizzax viloyatidan 10 nafar faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari bor.

Jizzax viloyati hokimligida mahalla institutining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ana shu fidoyilarga mukofotlarni topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Viloyati hokimi E.Soliyev ushbu mukofotga sazovor boʻlganlarni samimiy tabriklab, koʻkrak nishonlarini ularning sohiblari koʻksiga taqib qoʻydi.

– Koʻp yillar fuqarolar yigʻinida ishlab kelayotganim tufayli bu sohada ishlash nechogʻli masʼuliyatli ekanini bilaman, – deydi Gʻallaorol tumanidagi “Guliston” fuqarolar yigʻini faoli Xayriniso Isomiddinova. – Hukumatimiz tomonidan mahalla boshqaruvi faoliyatini takomillashtirishga, bu yerda ishlayotgan xodimlarni, faollarni ragʻbatlantirishga eʼtibor qaratilayotgani jamiyatimiz ravnaqi uchun juda zarur deb oʻylayman. Shu tufayli ushbu mukofot mening zimmamga yanada katta masʼuliyat yukladi. Buni menga bildirilgan katta ishonch sifatida qabul qilib, mahallamizning yanada obod, osoyishta boʻlishi yoʻlida kuch-gʻayratimni ayamayman.

Mukofotlanganlarga viloyat hokimining esdalik sovgʻalari topshirildi.