Andijon viloyat hokimligida Prezidentimiz farmoniga asosan mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mukofotlangan bir guruh fidoiylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhratbek Abdurahmonov so‘z olib, viloyat ahlini eng aziz va eng ulug‘ bayram bilan samimiy qutladi. Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li, erishilgan natijalar hamda bunyodkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.
[gallery-3676]
Jarayonda viloyat rahbari yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 50 nafar yurtdoshimizga faxriy unvon, orden va medallar hamda 50 nafariga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonlarini tantanali topshirdi. Kelgusi faoliyatlarida ularga omad tiladi. Fidoyi insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e’tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA