1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh fidoyi ustozlar taqdirlandi. Ular orasida surxondaryolik 6 nafar pedagog ham bor.
Sodda, samimiy ustozlarga xos xokisor xislatlarga ega Sherboy Bobonazarov 1991 yilda Muzrabot tumanidagi 17-umumta’lim maktabida o‘zining ilk faoliyatini boshlagan. 34 yildirki, informatika va axborot texnologiyalari fanidan yoshlarga bilim bermoqda.
– Ta’lim jarayonlari islohot davrida juda katta o‘zgarishlarga ega bo‘ldi, - deydi Sherboy Bobonazarov. – Mana shu islohot davomida biz majburiy mehnatlardan ozod bo‘ldik. O‘quvchilar bilan sifatli ishlash uchun hozir vaqtimiz ko‘p. Bundan tashqari yangi ta’lim metodlaridan foydalangan holda o‘zimiz ustimizda ishlayapmiz.
[gallery-25527]
Viloyat markazidan qariyb 80 kilometr uzoqlikda joylashgan tumanning chekka hududidagi maktabda faoliyat olib borayotgan ustoz xalqaro sertifikatga ham ega bo‘lib, oylik maoshi ming AQSH dollaridan ortgan. Ayni bayram arafasida esa, uzoq yillik mehnatlari munosib e’tirof etilib, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iusuQMv2IYw" title="Fidoyi mehnatning e’tirofi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA