French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidoyi insonlarga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni topshirildi
16:57 / 2020-09-29

Jizzax viloyati hokimligida “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni mukofotini topshirishga bagʻishlangan tantali marosim boʻlib oʻtdi.


Jizzax viloyati hokimligida “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni mukofotini topshirishga bagʻishlangan tantali marosim boʻlib oʻtdi.

Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda va turli tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan, mehr-oqibat, saxovat, himmat va olijanoblik fazilatlarini ulugʻlab, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga katta hissa qoʻshgan 231 nafar jizzaxlik “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Soliyev barcha taqdirlanganlarni ushbu mukofot bilan samimiy qutlab, koʻkrak nishonlarini topshirdi.