Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fidokorona mehnatga berilgan munosib baho
14:14 / 2025-12-13

Shu kunlarda yurtimizda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” keng nishonlanmoqda.

Bayram arafasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi laboratoriya mudiri Hilola Choriyeva ham davlatimiz rahbarining farmoniga asosan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

— Prezidentimizning bu yuksak e’tirofini birgina menga emas, balki butun ilmiy jamoamizga, qolaversa, sohada sidqidildan mehnat qilayotgan olimlarga berilgan katta ishonch va rag‘bat deb bilaman, — dedi Hilola Choriyeva.– Bu, albatta kelgusida ham yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida mardona xizmat qilishimga katta kuch beradi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra, u Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini ham oldi. Bu esa uning yillar davomida olib borgan izlanishlari va paxta seleksiyasidagi innovatsion ishlariga berilgan munosib bahodir.

Shuningdek, sohani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyati uchun bir guruh olimlar “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Tadbirda Milliy markaz direktori Shodmon Namozov barchani bayram bilan tabriklab, yil davomida amalga oshirilgan samarali izlanish va mehnat faoliyatini e’tirof etdi. Mazkur taqdirlov — ilmiy izlanishlarga sadoqat, yangilikka intilish va agrar sohada innovatsiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarga berilgan munosib baho ekanini qayd etdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA