Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE’ning yangilangan reytingidan necha nafar shaxmatchimiz joy egalladi?
15:18 / 2026-01-03

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan 2026 yil yanvar oyi uchun e’lon qilingan turli yosh toifalari TOP-100lik reytingidan O‘zbekiston terma jamoasining 15 nafar a’zosi joy oldi.

Yanvar oyining erkaklar reytingida 5 nafar, ayollar reytingida 2 nafar shaxmatchimiz, yoshlar reytingida 1 nafar, yosh shaxmatchi qizlar reytingida 5 nafar, o‘smir shaxmatchilar reytingida 4 nafar hamyurtimiz nomi keltirib o‘tildi.

Xususan, kattalar reytingida Nodirbek Abdusattorov(2751) 12, Javohir Sindorov(2726)21, Nodirbek Yoqubboyev(2691) 36, Rustam Qosimjonov(2664) 51, Shamsiddin Vohidov(2644) 77-o‘rinlarni band etdi.

Ayollar reytingida xitoylik 4 nafar grossmeyster yetakchilik qilayotgan vaziyatda Afruza Hamdamova 2403 ochko bilan 41, Gulruhbegim Tohirjonova 2363 ochko bilan 79-qatorda qayd etildi.

Yosh shaxmatchilar reytingida Muhiddin Madaminov (2567) 22-pog‘onani band etgan bo‘lsa, yosh shaxmatchi qizlar reytingida Afruza Hamdamova 4, Umida Omonova (2334) 13, Guldona Karimova(2323) 16, Madinabonu Xalilova(2287) 24, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva(2232) 50-o‘rinlarda e’tirof etildi.

Shuningdek, o‘smir shaxmatchilarimizdan Muhammadzohid Suyarov, Olmas Rahmatullayev, Xumoyun Bekmuratov rapid va blits yo‘nalishlarining TOP-100 lik reytingidan joy olgani, Afruza Hamdamovaning shaxmatchi yosh qizlar orasida rapid yo‘nalishida TOP-100lik yetakchiligiga erishgani o‘zbek shaxmat maktabining salohiyati yildan yilga ko‘tarilishga erishayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kattalar o‘rtasida jahonning eng kuchli shaxmatchilari reytingini norvegiyalik Magnus Karlsen 2840 ochko bilan boshqarayotgan bo‘lsa, AQSHlik Xikaru Nakamura va Fabiano Karuana keyingi pog‘onalarni egalladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA