Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDEning aylanma poygasida Abdusattorov 5-o‘rinda qayd etildi
11:04 / 2023-04-27

Xalqaro shaxmat federatsiyasi o‘z tizimida o‘tkazilgan turnirlardagi natijalar bo‘yicha FIDEning aylanma poygasidagi yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, AQSH vakili Levon Aronyan 25 aprelda Qozog‘istonda yakunlangan “Satty Zhuldyz” festivali doirasida o‘tgan “Masters” turniri g‘olibligiga erishishi tufayli FIDEning aylanma poygasi yetakchisiga aylandi.  

Turnir davomida amerikalik grossmeyster 8,07 ochko to‘plashga erishdi. Bu esa FIDEning aylanma poygasidagi ochkolarini 32.81 ballga yetkazishga olib keldi. Ushbu ro‘yxatda keyingi o‘rindan 30.90 ballga ega hindistonlik Gukesh joy oldi.  

Mazkur tizimda qayd etilgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 22.28 ball bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA