Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE: Sindorov, Yoqubboyev va Hamdamova yuksalishga erishganlar qatorida
17:38 / 2026-01-14

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tarixiga e’tibor qaratsak, 1971-1980 yillar davomida bir yilda bir marta TOP-100lik reytingi e’lon qilinardi. Undan keyin yuqori darajadagi turnirlarning ortishi sababli har oyda FIDE reytingi e’lon qilinishiga ehtiyoj sezildi.

Xo‘sh, ortda qolgan 2025 yilning umumiy ko‘rinishida TOP-100likdagi qaysi shaxmatchilar yuqori ko‘rsatkichga erishdi?

Kuni kecha FIDE so‘nggi bir yil ichida reytingda sezilarli o‘sishga erishgan shaxmatchilar haqidagi batafsil ma’lumotni jamoatchilikka taqdim etdi.

Biz uchun e’tiborli jihati, erkaklar TOP-100ligida Javohir Sindorov va Nodirbek Yoqubboyev sermahsulligi bilan kuchli o‘nlikda qayd etilgan bo‘lsa, ayollar reytingida Afruza Hamdamova omadli o‘ntalikda keltirib o‘tildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA