Xabar berganimizdek, shu kunlarda Samarqandda shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimiz sport hayotida muhim va tarixiy chempionat bo‘lgan ushbu musobaqada jahonning o‘nlab shaxmat yulduzlari qatori Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich ham bahslarni kuzatib bormoqda.
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov FIDE rahbari A.Dvorkovich bilan uchrashdi.
Muloqot davomida FIDE rahbari mamlakatimizda shaxmatning rivoji borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yildan-yilga yuksalayotgani, bu, Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionati doirasidagi tadbirlarda, shaxmatchilarimizning xalqaro musobaqalarda munosib o‘ringa ega bo‘lib borayotganida yaqqol namoyon bo‘layotganini e’tirof etdi.
Uchrashuvda shaxmatning rivoji hamda mamlakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan nufuzli musobaqalarni har jihatdan yuqori saviyada tashkil etish borasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida bir qator kelishuvlarga erishildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA