Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE o‘ziga xos rekord qayd etdi
12:31 / 2024-07-24

20 iyul – Xalqaro shaxmat kuni sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan FIDE tegishli tarmoqlar orqali bir kunda o‘tgan shaxmat o‘yinlari va musobaqalar sonini hisoblab chiqdi.

Shu kuni dunyo bo‘ylab 350 dan ziyod tadbir onlayn tartibda, ya’ni taxtadan tashqarida kechdi. Bu jarayon 24 soat ichida eng ko‘p o‘ynalgan shaxmat bahslari sifatida tarixga kirdi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi xabariga ko‘ra, bir kunda 7 284 970 partiya o‘ynalgan. Tadbirlarda bevosita 109 milliy federatsiya ishtirok etib, natijani ma’lum qilgan.

E’lon qilingan yoki tegishli tarmoqda qayd etilgan onlayn-bahslar sarhisobida Shri-Lanka, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilar qatorida qayd etilgan.

Bevosita rasmiy musobaqalar o‘tkazish borasida Shri-Lanka, Hindiston va Xitoy peshqadamlar safida e’tirof etildi. dastlabki ikki davlatda bir kunda 78, Chin yurtida esa 45 ga yaqin shaxmat turniri o‘tkazilgan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA