Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIDE ning sentyabr oyi uchun yangilangan reytingi e’lon qilindi
17:55 / 2025-09-01

Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2025 yil sentyabr oyi uchun turli yosh toifalari o‘rtasida e’lon qilgan TOP-100 likning erkaklar reytingida 5 nafar, ayollar reytingida 2 nafar shaxmatchimiz qayd etildi.

Kattalar o‘rtasidagi reytingni avgust oyida 7-o‘rinda yakunlagan Nodirbek Abdusattorov sentyabr reytingida 2748 ochko bilan 11-o‘rinni band etdi. Javohir Sindorov 2722 ochko bilan 34, Nodirbek Yoqubboyev 2681 ochko bilan 46, Rustam Qosimjonov 2675 ochko bilan 47, Shamsiddin Vohidov 2645 ochko bilan 83-o‘rinni egalladi.

Kattalar o‘rtasida jahonning eng kuchli shaxmatchilari reytingida hamon norvegiyalik Magnus Karlsen 2839 ochko bilan yetakchilik qilayotgan vaziyatda AQSHlik Xikaru Nakamura va Fabiano Karuana keyingi o‘rinlarda bormoqda.

Shaxmatchi ayollar reytingida xitoylik 4 nafar grossmeyster yetakchilik qilmoqda. Hamyurtlarimizdan Afruza Hamdamova 2409 ochko bilan 35, Gulruhbegim Tohirjonova 2372 ochko bilan TOP-100 likning 70-pog‘onasini band etib turibdi.

Shaxmatchi yosh qizlar reytingida Afruza Hamdamova 6, Guldona Karimova 18, Umida Omonova 49-qatorda ko‘rinish berishdi.

Yosh shaxmatchi yigitlar reytingida Javohir Sindorov TOP-100 likda o‘tgan oydagi 3-o‘rnini saqlab qoldi. Muhiddin Madaminov 2560 ochko bilan ikki qator yuqorilagan holda 26-pog‘onaga Muhammadzohid Suyarov 2482 ochkoli holatda 69-o‘ringa ko‘tarildi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA